
Earl Grey Legacy tarkibida choy barglari va bergamot moyi yoki po‘stlog‘i bor. Bu inglizlar va yevropaliklarning eng sevimli ichimligi bo‘lib, tushlik paytida bir finjon Earl Grey choyidan ichish ular uchun an’anaga aylangan. Uning kelib chiqishi bilan bog‘liq turli afsonalar va rivoyatlar mavjud. Bu esa ichimlikning mashhurligini yanada oshiradi. Biz koʻrib va ichib oʻrgangan bergamotli qora Earl Grey choyi nafis va yengil sitrus ta’miga ega. Bunga apelsin-bergamot va laym po‘stloqlarini qo‘shish orqali erishiladi. Bu qora choyning achchiq ta’miga nordon ohang qo‘shadi. Apelsin-bergamotning o‘ziga xosligi shundaki, u Sevilye va Osiyoda o‘suvchi limon va pomeransning gibrididir. Pomerans — bu ko‘pincha yashil choyga qo‘shiluvchi achchiq apelsin. Earl Grey`ning asosiy xususiyati, bu - uning ajoyib tonik, yaʼni tetiklashtiruvchi ta’siridir. Bergamotli choy, yana bir tonik ta’sirga ega bo‘lgan yashil choydan farqli o‘laroq, kuchli siydik haydovchi xususiyatga ega emas. Faqat ikkita masalliq (qora choy va bergamot moyi yoki po‘stlog‘i) dan tarkib topganiga qaramay, Earl Grey aromatlashtirilgan choy hisoblanadi.