English Breakfast

English Breakfast

Klassik “English Breakfast” choyini olish uchun ishlab chiqaruvchilar odatda uchta mamlakat – Afrika, Hindiston va Shri-Lankadan keltirilgan xomashyoni aralashtiradilar. Shu tarzda, bitta aralashmaning ichida assam, seylon va keniya choylari uchrashadi. Aralashmaga qaysi navdan necha foiz qoʻshilishi va bu navlar qaysi plantatsiyadan boʻlishi kerakligi haqida hech qanday yagona kelishilgan standart yoʻq, shu sababli English Breakfast`ning ta’mi brenddan brendga farq qiladi. Qaysi variant sizga yoqishini faqat tajriba orqali aniqlab olishingiz mumkin. Qiziq tomoni shundaki, bitta plantatsiyada yetishtirilgan va yig‘ilgan choy barglari xatto partiyadan partiyaga ta’m va ifor jihatdan farq qilishi mumkin. Ayni shu sababdan, abadiy va yagona “choy tenglamasi” ni yaratishning imkoni yoʻq. Har yili chashnachilar Keniya, Assam va Shri-Lankada yetishtirilgan ko‘plab namunalarni tatib koʻrib, orasidan eng moslarini tanlab olishadi va oxir-oqibat kompaniya standartiga mos mahsulotni yaratishadi. “English Breakfast”ni haqli ravishda qora choyning eng mashhur aralashmasi deb atash mumkin. Na “Irish Breakfast”, na “Russian Caravan” u bilan mashhurlik bo'yicha raqobatlasha olmaydi. “Earl Grey” dan farqli o‘laroq, "English Breakfast"ga bergamot ifori qo‘shilmaydi.

Narxi: 610 000 UZS
Soni