
Se Chung “rang-barang xilma-xillik” degan ma’noni anglatadi va Xitoyning Fujian viloyatidagi Anksi (Anxi) tumanida tayyorlanuvchi ulun choy uslubiga tegishlidir. Uni ishlab chiqarish viloyatning boshqa ulun choylariga qaraganda qisqaroq fermentatsiya davriga ega va bu unga yengil o‘trang-yashil tus beradi. Ulun (oolong) choyi qisman oksidlangan bo‘lib, ham yashil, ham qora choyning ta’m xususiyatlarini o'zida jamlagan. Yangi barglar bir-ikki kun ichida soʻliydi, so‘ngra keyingi bosqich uchun zarur fermentlarni yuzaga chiqarish maqsadida chig‘irdan o‘tkazishadi. Barglari qora choyga nisbatan qisqaroq muddatga oksidlanish uchun ochiq havoda qoldiriladi va jarayon tugashidan avvalroq to‘xtatiladi. Choy barglari yengil qovuriladi. Bu oksidlanish jarayonini to‘xtatadi va barglarning qurishiga xizmat qiladi. Choy bog‘lari Anksi (Anxi) tumanining g‘arbida, o‘rtacha 600 metr balandlikda joylashgan; tog‘lar va o‘rmonlar bilan o‘ralgan; yillik yog‘ingarchilik 1700-1900 mm, namlik 78% ni tashkil etadi; iqlimi tumanli va nam, o‘rtacha yillik harorat 15-18℃, muzlashsiz mavsum taxminan 300 kun. Maxsus ekologik muhit va kislotali-qizil tuproq choy barglarini qalin va yog‘li qilib, ularga barra ko‘katlarga o‘xshash yorqin yashil tus beradi. Bu Se Chung Oolong choyi uchun juda mos.