Choy

Sencha Japan

Ko'k choy

tea

Ko'k choy

Tavsifi: Choy nomidan koʻrinib turibdiki, ushbu ichimlik Xitoy va Hindiston plantatsiyalarida emas, balki Yaponiyada — oilaviy anʼanalar va eng mehnatkash odamlar yurti boʻlmish kunchiqar mamlakatda ishlab chiqariladi. Ehtimol, ayni shu omillar maxsus qayta ishlash uslubining yaratilishiga sabab boʻlgandir?! Boshqa choy barglarining ifori va taʼmi yanada oʻtkirlashishi uchun ularni qovurishadi; yashil sencha esa (bu choy turini koʻpincha shunday atashadi) bir daqiqaga dimlanib, soʻngra ingichka naycha shaklida oʻraladi. Bu noyob qayta ishlash usuli ortiqcha oksidlanishning oldini oladi va foydali moddalarni maksimal miqdorda saqlab qoladi.

yana...

Narxi:

610 000 UZS dan

Choy

Osmantus

Ko'k choy

tea

Ko'k choy

Tavsifi: Xushbo‘y iforga to‘la nordon ichimliklarni yoqtiradiganlar uchun Osmantus — zaytundoshlar oilasiga mansub bargli o‘simlik — qoʻshilgan choyning betakror ta’m notalari sevimli ziyofatga aylanadi. Choy zaytuni (choy ustalari uni shunday atashadi) o‘zining nozik tuzilishga ega go‘zal gullari va ajoyib mevali ifori uchun juda qadrlanadi. Osmantusli xitoycha choy koʻp asrlik tarixga ega va xattoki Osmonosti saltanat imperatorlari davrida ham maʼlum boʻlgan. Ichimlik juda ajoyib tarzda tetiklashtiradi, zavq va yaxshi kayfiyat bagʻishlaydi, shuningdek, tibbiy va profilaktik xususiyatlarga ham ega. Osmantus choyi haqiqiy choy shinavandasi uchun mo‘ljallangan. U mukammal: choy barglari ehtiyotkorlik bilan burilgan, gulbarglar to‘g‘ri quritilgan, nisbati benuqson. Choy damlanganda, u yashil-sargʻish tusga kiradi va mayin shaftolili ifor taratib turadi.

yana...

Narxi:

14 000 UZS dan

Choy

English Breakfast

Qora choy

tea

Qora choy

Tavsifi: Klassik “English Breakfast” choyini olish uchun ishlab chiqaruvchilar odatda uchta mamlakat – Afrika, Hindiston va Shri-Lankadan keltirilgan xomashyoni aralashtiradilar. Shu tarzda, bitta aralashmaning ichida assam, seylon va keniya choylari uchrashadi. Aralashmaga qaysi navdan necha foiz qoʻshilishi va bu navlar qaysi plantatsiyadan boʻlishi kerakligi haqida hech qanday yagona kelishilgan standart yoʻq, shu sababli English Breakfast`ning ta’mi brenddan brendga farq qiladi. Qaysi variant sizga yoqishini faqat tajriba orqali aniqlab olishingiz mumkin. Qiziq tomoni shundaki, bitta plantatsiyada yetishtirilgan va yig‘ilgan choy barglari xatto partiyadan partiyaga ta’m va ifor jihatdan farq qilishi mumkin. Ayni shu sababdan, abadiy va yagona “choy tenglamasi” ni yaratishning imkoni yoʻq. Har yili chashnachilar Keniya, Assam va Shri-Lankada yetishtirilgan ko‘plab namunalarni tatib koʻrib, orasidan eng moslarini tanlab olishadi va oxir-oqibat kompaniya standartiga mos mahsulotni yaratishadi. “English Breakfast”ni haqli ravishda qora choyning eng mashhur aralashmasi deb atash mumkin. Na “Irish Breakfast”, na “Russian Caravan” u bilan mashhurlik bo'yicha raqobatlasha olmaydi. “Earl Grey” dan farqli o‘laroq, "English Breakfast"ga bergamot ifori qo‘shilmaydi.

yana...

Narxi:

610 000 UZS dan

Choy

Emerald Pearl

Ko'k choy

tea

Ko'k choy

Tavsifi: Emerald Pearl choyi – bu nodir ichimlik. U yuqori sifatli choy barglarini diqqat bilan tanlashdan boshlanadi va barglar oʻziga xos qayta ishlash bosqichlaridan o‘tadi. Bu ularning boy ta’m profilini va murakkab iforini ochib beradi. Ishlab chiqarishda har bir bargga individual xususiyat beruvchi qo‘l texnikalari qo‘llaniladi. Gul va meva notalari uyg‘unlashib, nozik ta’m guldastasini yaratadi. Murakkab va koʻp qirrali ifor choyning aʼlo darajadagi sifatini boʻrttirib koʻrsatadi, antioksidantlarning saqlab qolinishi esa uni nafaqat mazali, balki sog‘liq uchun foydali boʻlishini taʼminlaydi. O‘zining nafis tashqi ko‘rinishi va "maxsus holatlar uchun ichimlik" maqomi tufayli "Emerald Pearl" choy madaniyati dunyosidagi haqiqiy marvaridga aylangan va hanuzgacha choy shinavandalariga betakror choyxoʻrlik tajribasini taqdim etib kelmoqda.

yana...

Narxi:

215 000 UZS dan

Choy

Earl Grey Legacy

Qora choy

tea

Qora choy

Tavsifi: Earl Grey Legacy tarkibida choy barglari va bergamot moyi yoki po‘stlog‘i bor. Bu inglizlar va yevropaliklarning eng sevimli ichimligi bo‘lib, tushlik paytida bir finjon Earl Grey choyidan ichish ular uchun an’anaga aylangan. Uning kelib chiqishi bilan bog‘liq turli afsonalar va rivoyatlar mavjud. Bu esa ichimlikning mashhurligini yanada oshiradi. Biz koʻrib va ichib oʻrgangan bergamotli qora Earl Grey choyi nafis va yengil sitrus ta’miga ega. Bunga apelsin-bergamot va laym po‘stloqlarini qo‘shish orqali erishiladi. Bu qora choyning achchiq ta’miga nordon ohang qo‘shadi. Apelsin-bergamotning o‘ziga xosligi shundaki, u Sevilye va Osiyoda o‘suvchi limon va pomeransning gibrididir. Pomerans — bu ko‘pincha yashil choyga qo‘shiluvchi achchiq apelsin. Earl Grey`ning asosiy xususiyati, bu - uning ajoyib tonik, yaʼni tetiklashtiruvchi ta’siridir. Bergamotli choy, yana bir tonik ta’sirga ega bo‘lgan yashil choydan farqli o‘laroq, kuchli siydik haydovchi xususiyatga ega emas. Faqat ikkita masalliq (qora choy va bergamot moyi yoki po‘stlog‘i) dan tarkib topganiga qaramay, Earl Grey aromatlashtirilgan choy hisoblanadi.

yana...

Narxi:

610 000 UZS dan

Choy

Special Gunpowder

Ko'k choy

tea

Ko'k choy

Tavsifi: Oʻz turining notipik vakili. Yakuniy xom ashyoning tashqi koʻrinishi juda noodatiy. Ular oʻralgan choy barglaridan yasalgan kichik donachalar (granulalar) koʻrinishiga ega. Bu gʻayrioddiy koʻrinishi tufayli ichimlik shunday nom olgan. Uni soʻzma-soʻz "miltiq kukuni" yoki oddiygina "porox" deb tarjima qilish mumkin. Koʻrib turibmizki, uning nomi inglizcha, lekin kelib chiqishi Britaniyaga aloqador emas. "Special Gunpowder"ning vatani Xitoyning manzarali qismida joylashgan olis Jejang (Zhejiang) viloyati hisoblanadi. Togʻ tizmalari uni qattiq shamollardan pana qilib turadi. Iqlimi juda yumshoq va moʻtadil boʻlib, yer xoʻjaligi uchun juda qulay. Eʼtiborga loyiq tomoni shundaki, inglizcha nomi tufayli koʻpchilik isteʼmolchilar uni tatib ko'rgandan soʻng tutunli, dudli taʼm qoladi deb oʻylashgan. Avvallari, import qiluvchilar tutun taʼmini hosil qilish uchun donachalarni qovurishga urinib koʻrishgan. Lekin aslida, unda hech qanday kuygan yoki tutunli ifor yoʻq va boʻlishi kerak ham emas.

yana...

Narxi:

14 000 UZS dan

Choy

Da Hong Pao

Ulun choy

tea

Ulun choy

Tavsifi: Da Hong Pao choyi eng mashhur Xitoy choylaridan biridir. Bu haqda juda ko‘p maqolalar, kitoblar, filmlar va video-reportajlar yaratilgan, lekin asl Da Hong Pao juda kam uchraydi. Shunchalar kamki, agar siz Forbes boʻyicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga kirmasangiz, uni tatib ko‘rish nasib qilishi amrimahol. Asl Da Hong Pao`ni faqat Fujian viloyatining shimol-g‘arbida, Vuyi (Wuyi) tog‘larida to‘rttagina butada yetishtirishadi. 1972-yilda AQSh prezidenti Richard Nikson 50 gramm haqiqiy Da Hong Pao`ni sovg‘a sifatida olgan; bu choyning narxi bugungi kurs bo‘yicha 250 000 dollar bo‘lardi. Xitoyda Da Hong Pao nomi bilan sotiladigan choylar — bu ona butalardan chiqqan “avlodlar” boʻlib, ular shu iqlim zonasida yetishtiriladi. Xafa bo‘lmang, garchi sotib olgan Da Hong Pao`yingiz toza nasldan bo‘lmasa ham, u baribir ajoyib, mazali, foydali va ilhomlantiruvchi choydir. Da Hong Pao nomi xitoychadan “katta qizil xalat” deb tarjima qilinadi. Ushbu nomning kelib chiqishi haqidagi afsonaning koʻplab variatsiyalari mavjud. Ulardan birida rivoyat qilinishicha, 1385-yilda Ding Sian (Ding Xian) imperatorlik imtihonlarini topshirayotgan edi. Kun juda issiq bo‘lgani sababli, ibodatxona yonidan oʻtib ketayotib, o‘zini yomon his qiladi va hushidan ketadi. Uning baxtiga, yaqin atrofda Tian Sin Si (Tian Xin Si) ibodatxonasining rohibi bor edi. Rohib unga Da Hong Pao choyidan ichiradi. Choy shifobaxsh boʻlib chiqadi. Yigitcha tezda tiklanib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshiradi va imperator unga ajdaho tasvirli qizil xalatni hadya etadi. Ding Sian minnatdorchilik yuzasidan xalatni avvalo uni qutqargan rohibga beradi, lekin u buddaviylik rohibi boʻlgani sababli uni rad etadi. Shunda, Ding Sian o‘z qizil xalatini Da Hong Pao butalariga sovg‘a qiladi.

yana...

Narxi:

990 000 UZS dan

Choy

Imperator

Qora choy

tea

Qora choy

Tavsifi: Avvalo, “Imperator” (Dian Hong) choyining ta’mi e’tiborga loyiq. U boshqa qora yoki toʻq rangli choylardan farq qiladi. Ba’zan uni Hindistonning darjeeling va assam choylariga qiyoslashadi, lekin ulardan farqli o‘laroq, u achchiq taʼmga ega emas. Ta’mi ularnikiga qaraganda boyroq, yumshoq, sezilar-sezilmas shirinlik notalari ham bor. Qora choy iforida quritilgan mevalar va tutun notalari mavjud. Bu tavsif ko‘plab Yunnan choylariga xos. Damlamaning rangi oltin-jigarrang, tiniq va juda toʻyingan. Imperator (Dian Hong) choyini sotib olib, hech boʻlmaganda bir marta albatta mazasidan tatib koʻrishingizni tavsiya etamiz!

yana...

Narxi:

230 000 UZS dan

Choy

White Peony

Oq choy

tea

Oq choy

Tavsifi: Oq choy (Bai Cha) – an’anaviy Xitoy choyining turlaridan biri bo‘lib, tayyorlash jarayonida deyarli ishlov berilmaydi. Fermentatsiya darajasi 5-7% dan oshmaydi. Qaysidir maʼnoda uni “choy gerbariysi” deb ham atashimiz mumkin, chunki ishlab chiqarish jarayonida barglari buralib qolmaydi. Tayyorlash davomiyligi yashil choydagi kabi bir kundan ortmaydi, texnologik zanjiri esa undan ham qisqa. Shunga qaramay, sifatli va mazali oq choy olish uchun ko‘plab mayda tafsilotlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Oq choy tarixi Tang sulolasi davri (taxminan 618-907 yillar) ga borib taqaladi. U 960-1279 yillarda, yaʼni Song imperatorlari davrida, oliy tabaqa tomonidan yuqori qadrlangan. Oʻsha davrlarda faqat aslzodalar uni xarid qila olganlar, chunki narxi juda baland boʻlgan. Afsonaga ko‘ra, keyinchalik oq choy manbaiga aylangan birinchi butani Taymu ismli ayol Taymushan tog‘laridan topgan. Ayol uning kurtaklaridan tayyorlangan damlama bilan bolalarni qizamiqdan davolagan. Keyinchalik ayol butalarni o‘z bog‘ida yetishtira boshlagan va qo‘shnilariga o‘simliklarni qanday parvarishlash kerakligini o‘rgatgan. Oq choyga zamonaviy ishlov berish texnikasini Syao (Xiao) choy ustalari oilasi XVIII asrda Fujian shimolida birinchi bo‘lib qo‘llaganlar. Ular tejamli ishlab chiqarish maqsadida barglarni burishtirish va qovurishni jarayondan chiqarib tashlashgan. Hozirgi kunda Bai Cha ishlab chiqaruvchi asosiy hudud, bu - Fujian viloyati bo‘lib, undagi Fuding shahri, Jianyang, Sungsi (Songxi), Jenghe (Zhenghe) tumanlari va Guangsi (Guangxi) avtonom viloyatlarida ushbu choy ishlab chiqariladi.

yana...

Narxi:

440 000 UZS dan

Choy

Jasmin Garden

Ko'k choy

tea

Ko'k choy

Tavsifi: Jasmin choyi – bu tetiklashtiruvchi ta’m va gulning mayin iforni yoqtiruvchilar uchun ayni bob ichimlik. Bir vaqtlar uni sivilizatsiyaning haqiqiy boyligi deb atashgan, chunki yashil jasmin choyi nafaqat mazali, balki shifobaxsh xususiyatlarga ega ichimlikdir. Uning foydali xususiyatlari butun dunyoga ma’lum. E’tiborli jihati, jasmin choyidan dastlab davolash-profilaktika ichimligi sifatida foydalanishgan, uning foydali xususiyatlari taxminan 5 ming yil oldin kashf etilgan. Jasmin choyining kelib chiqishi Xitoy bilan bogʻliq bo‘lib, afsonalar markazida Shen Numo ismli shaxs turadi.

yana...

Narxi:

14 000 UZS dan

Choy

Se Chung

Ulun choy

tea

Ulun choy

Tavsifi: Se Chung “rang-barang xilma-xillik” degan ma’noni anglatadi va Xitoyning Fujian viloyatidagi Anksi (Anxi) tumanida tayyorlanuvchi ulun choy uslubiga tegishlidir. Uni ishlab chiqarish viloyatning boshqa ulun choylariga qaraganda qisqaroq fermentatsiya davriga ega va bu unga yengil o‘trang-yashil tus beradi. Ulun (oolong) choyi qisman oksidlangan bo‘lib, ham yashil, ham qora choyning ta’m xususiyatlarini o'zida jamlagan. Yangi barglar bir-ikki kun ichida soʻliydi, so‘ngra keyingi bosqich uchun zarur fermentlarni yuzaga chiqarish maqsadida chig‘irdan o‘tkazishadi. Barglari qora choyga nisbatan qisqaroq muddatga oksidlanish uchun ochiq havoda qoldiriladi va jarayon tugashidan avvalroq to‘xtatiladi. Choy barglari yengil qovuriladi. Bu oksidlanish jarayonini to‘xtatadi va barglarning qurishiga xizmat qiladi. Choy bog‘lari Anksi (Anxi) tumanining g‘arbida, o‘rtacha 600 metr balandlikda joylashgan; tog‘lar va o‘rmonlar bilan o‘ralgan; yillik yog‘ingarchilik 1700-1900 mm, namlik 78% ni tashkil etadi; iqlimi tumanli va nam, o‘rtacha yillik harorat 15-18℃, muzlashsiz mavsum taxminan 300 kun. Maxsus ekologik muhit va kislotali-qizil tuproq choy barglarini qalin va yog‘li qilib, ularga barra ko‘katlarga o‘xshash yorqin yashil tus beradi. Bu Se Chung Oolong choyi uchun juda mos.

yana...

Narxi:

220 000 UZS dan