Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati
«Coffee Roastery Group» MChJ
Amaldagi tahrir: 2024-yil 1-avgust
1. Umumiy qoidalar va qo‘llanish sohasi
Ushbu Siyosat cataleya.uz sayti foydalanuvchilarining ma’lumotlarini qayta ishlash tartibini belgilaydi.
Saytdan foydalanish orqali Siz ushbu Siyosat shartlariga rozilik bildirasiz.
2. Qayta ishlanadigan ma’lumotlar
2.1. Sayt orqali Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz yig‘ilmaydi.
2.2. Saytda yig‘iladigan barcha ma’lumotlar shaxsga bog‘lanmagan (de-personalizatsiya qilingan) shaklda qabul qilinadi.
2.3. Bunday ma’lumotlarga quyidagilar kirishi mumkin:
- onlayn shakllarda o‘zingiz kiritgan ma’lumotlar (ism, telefon, e-pochta);
- brauzer turi va versiyasi, cookie-fayllar, qurilma turi, ekran o‘lchami, IP-manzil, trafik manbalari, so‘rov vaqti kabi avtomatik uzatiladigan ma’lumotlar.
2.4. Uchinchi tomon dasturlari (analitika tizimlari va bq.) dan foydalanilishi mumkin — ular o‘z qoidalari asosida ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
3. Qayta ishlash maqsadlari
- foydalanuvchi murojaatlarini ko‘rib chiqish va bu boʻyicha fikr-mulohazalarni bildirish;
- axborot xizmatlari, shu jumladan xatlarni tarqatish;
- marketing va statistik tadqiqotlar;
- reklama materiallarini targetlashtirish.
4. Ma’lumotlarni himoya qilish va saqlash
4.1. Maʼlumotlarni qonunga xilof tarzda qoʻlga kiritish va tarqatishga qarshi barcha zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻramiz.
4.2. Ma’lumotlar maxfiyligi saqlanadi, biroq foydalanuvchining o‘zi oshkor qilgan yoki uchinchi tomon texnologiyalari talab qilgan hollar bundan mustasno.
4.3. Xizmat sifati uchun sayt ichidagi harakatlar log-fayllari 1 yilgacha saqlanishi mumkin.
5. Ma’lumotlarni uchinchi tomonga berish
Quyidagi hollarda ma’lumotlar uchinchi tomonga berilishi mumkin:
- sayt funksionalligi yoki qayta ishlash maqsadlaridan kelib chiqqan holda;
- foydalanuvchi roziligi mavjud bo‘lsa;
- sud yoki vakolatli davlat organlari so‘rovi bo‘yicha;
- administratorning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida;
- sayt uchinchi tomonga topshirilganda (egalik qilish, foydalanish va bq. maqsadlarda).
6. Siyosatni o‘zgartirish
6.1. Siyosat administrator tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
6.2. Yangi tahrir saytda chop etilgan sanadan boshlab kuchga kiradi, agar boshqacha belgilangan bo‘lmasa.
6.3. Amaldagi versiya saytda doimo mavjud. Oxirgi yangilanish sanasi yuqorida ko‘rsatilgan.
